
“Manchester Yunayted” jamoani qutqaradigan futbolchi topdi
“Manchester Yunayted” oldingi chiziqdagi muammolarni “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Randal Kolo Muani yordamida hal etishni rejalashtirmoqda.
Transfer News Live va Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar frantsiyalik hujumchi uchun parijliklarga 70 million evro taklif qiladi.
Kolo Muanining o‘zi ham Parijni tark etishga tayyor. 25 yoshli forvard ispaniyalik mutaxassis Luis Enrikening o‘yin uslubiga mos tushmayapti va shu bois asosiy tarkibdagi joyini boy berib qo‘ydi.
Randal “Ayntraxt”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilganidan keyin PSJ uni 2023 yilning yozida 95 million evroga transfer qilgandi.
Kolo Muani aslida “Nant” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoadan tashqari Frantsiya chempionatida “Bulon” sharafini ham ximoya qilgan.
Fikrlar