
“Manchester Yunayted” ikkita supertransferni amalga oshiradi
Sulsher yozgi transferlar davrida ikki nafar markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolanishini istamoqda.
Manchesterliklarning asosiy nishoni “Sevilya”da porlayotgan 22 yoshli Jyul Kunde bo‘ladi. Sulsher narxi 60 million funtga baholanayotgan frantsiyalik himoyachi MYuda Xarri Maguayrga ideal sherik bo‘lishiga ishonmoqda.
“Yunayted” yozda erkin agentga aylanadigan Serxio Ramosga ham ish berishga tayyor. Manchesterliklar tez orada futbolchining vakillari bilan uchrashib, uni klubga taklif qilish borasida muzokara o‘tkazmoqchi. “Real” sardori hozirgi klubi bilan yangi bitim bo‘yicha kelisha olmayapti.
Fikrlar