
"Manchester Yunayted" himoyachisi "Spartak"ga o‘tishi mumkin
Mavsumni Argentinaning “Estudiantes” klubida ijarada o‘tkazayotgan "Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo yana "Spartak"ga qaytishi mumkin.
Manchester Evening News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qizil iblislar” 30 yoshli argentinalik futbolchini "Old Trafford"ga qaytarishni istamayapti. Shu bois, Roxo o‘zining sobiq jamoalaridan biriga qaytishi aytilmoqda.
Unga “Spartak” hamda “Sporting” klublari xaridor bo‘lmoqda. Roxo Moskva klubida 2010-2012, Lissabon jamoasida 2012-2014 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar