
"Manchester Yunayted" himoyachisi APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aaron Uan-Bissaka faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
"TalkSport" nashrining xabariga ko‘ra, qanot himoyachisiga "Vulverxempton" jiddiy qiziqish bildiryapti. Uning transferini "bo‘rilar"ning bosh murabbiyi Hulen Lopetegining shaxsan o‘zi xohlamoqda.
Manchesterliklar 25 yoshli futbolchini 30 million funt evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Joriy mavsum Uan-Bissaka APL doirasida maydonga tushmadi. U 2019 yildan buyon "qizil iblislar" safida harakat qilib kelmoqda.
Fikrlar