"Manchester Yunayted" Gimaraynshga 85 million evro to‘lashga tayyor

  • 13 mart, 2024, 19:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" maydon markazini mustahkamlamoqchi. "Todofichajes" nashrining yozishicha, Braziliya terma jamoasi va "Nyukasl" klubi yarim himoyachisi Bruno Gimaraynsh "qizil iblislar"ning qiziqish doirasiga tushib qolgan.

Tecno

"Transfermarkt" portali 26 yoshli xavbekni 85 million evroga baholamoqda. Gimaraynshning "oq-qoralar" bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan. Avvalroq matbuotda Brunoga "Manchester Siti", "Chelsi" va PSJ klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Braziliyalik futbolchi Angliya Premer-ligasida 27 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi, beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!