
"Manchester Yunayted" futbolchisi APLning boshqa bir grand klubiga o‘tishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi "Manchester Yunayted" futbolchisi Alexandro Garnachoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
20 yoshli vinger yaqinda "qizil iblislar"ni tark etishi mumkinligini, ammo Angliyada qolmoqchi ekanligi haqida xabar bergandi. "Daily Mail" nashrining xabar berishicha, Londoning “Chelsi” va “Aston Villa” klublari ham futbolchi atrofidagi vaziyatni o‘rganib chiqmoqda. Manchesterliklar Garnachoni 70 million evroga qo‘yib yuborishga tayyorligini ham bildirgan. Argentinalik vingerning amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Alexandro bu mavsum MYu safida jami 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol kiritdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar