“Manchester Yunayted” futbolchilar orasida Erik ten Xagga qarshi kurash boshlandi

  • 6 oktabr, 2024, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” nafaqat o‘yin borasida, balki ichki muhitni yaxshilash uchun ham ancha ishlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Caught Offside nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” futbolchilar  orasida bosh murabbiy Erik ten Xagning qarorlariga qarshi chiqayotgan o‘yinchilar soni ortib bormoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, futbolchilar niderlandiyalik bosh murabbiy o‘z hamyurti Joshua Zirkzeega yon bosayotganini iddao qilmoqda. Ular yangi kelgan futbolchi samarali o‘yin ko‘rsata olmayotganiga qaramay, unga muntazam o‘yin amaliyot  berilayotganidan norozi.

Bundan tashqari, “Yunayted” vakillari Erik ten Xag boshchiligidagi murabbiy shtabi Alexandro Garnochani etarli darajada o‘ynatmayotganiga jiddiy e’tiroz bildirmoqda.

Ayni paytda “Manchester Yunayted” Erik ten Xag o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan kuchli murabbiy qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!