
"Manchester Yunayted" final yo‘llanmasini "Sevilya"ga sovg‘a qildi (video)
Kecha UEFA Evropa ligasida yarim finalning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Sevilya” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Murosasiz kechgan bellashuvda 2:1 hisobida andalusiyaliklarning qo‘li baland keldi. Shu tariqa “Sevilya” hal qiluvchi final uchrashuvida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Endi Xulen Lopetegi jamoasi finalda “Shaxtyor” va “Inter” juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar