
“Manchester Yunayted” Erik ten Xag bo‘yicha bir qarorga keldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Erik ten Xag kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Jamoa barqaror o‘yin namoyish eta olmayotgani va Chempionlar ligasiga chiqa olmagani bois, niderlandiyalik mutaxassisning kursisi ham qimirlab qolgandi.
The Athletic nashrining yozishicha, klub xo‘jayinlari keyingi mavsumda ham Erik ten Xag xizmatidan foydalanishga qaror qilgan.
Klub boshqaruviga qo‘shilgan yangi rahbarlar bu mutaxassisga natija ko‘rsatishi uchun etarli darajada sharoit yaratilmaganini tan olgan.
Qolaversa, ishlab turgan bosh murabbiyni bo‘shatib, o‘rniga boshqasini olib kelish vaqt va chiqimlarni talab etadi. Bu omillar rahbariyat fikrini o‘zgartirdi.
Fikrlar