
"Manchester Yunayted" de Ligtga ko‘proq maosh taklif qilmoqda
Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Matteys de Ligt tez orada "Manchester Yunayted" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda RAC1nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar 19 yoshli gollandiyalik futbolchiga yiliga 14 mln evro maosh taklif qilishmoqda. Bu esa “Barselona” va’da qilayotgandan 40 foizga ko‘proq deganidir. Shu bois u “qizil iblislar”ning taklifini qabul qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, de Ligt joriy mavsum “Ayaks” safida jami 55ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U amsterdamliklar safida bu mavsum Gollandiya kubogi va chempionatida g‘olib bo‘ldi. EChLda esa yarim finalga qadar etib bora oldi.
Fikrlar