
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi "Siti"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Manchester Siti" eng qiyin raqib, lekin mening jamoam har qanday raqibni qabul qila oladi.
Biz o‘zimizning eng yaxshi fazilatlarimizni namoyish qilishimiz kerak. Shundagina "Siti"ga qarshi derbida muvaffaqiyat qozonishga ega bo‘lamiz. Agar birinchi birinchi davradagidek o‘ynasak, bunday raqibni mag‘lub eta olmaymiz", - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" birinchi davrada "Siti"ga qarshi o‘yinda yirik 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.
Fikrlar