“Manchester Yunayted” beshta tilni biladigan murabbiyni ishdan olib tashladi

  • 10 iyul, 2024, 15:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xagning yordamichisi Mitchell Van der Gaag klubni tark etdi.

Tecno

Bu mutaxassis murabbiylar shtabida 2022 yilning yozidan beri ishlab kelayotgan edi. Manchesterliklar Erik ten Xag bilan shartnomani uzaytirdi. Biroq murabbiylar shtabi yangiladi.

Bosh murabbiyga yordam berishga manchesterliklarning sobiq to‘purar Ruud van Nistelroy hamda Rene Xake olib kelindi.

Daily Mirror nashrining yozishicha, mutasaddilar murabbiylar shtabining sobiq vakili Benni Makkarti ortidan Mitchell bilan ham  xayrlashdi.

52 yoshli mutaxassis beshta tilda muloqot qila oladi. Uning o‘yinchilar bilan munosabati juda zo‘r bo‘lgan. Biroq Mitchell Van der Gaag Erik ten Xag va uning boshqa yordamchisi Stiv Maklaren bilan ziddiyatga borgani uchun ishdan olingani aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!