
"Manchester Siti"ning transfer rejalari qanday?
The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" rahbariyati bu yil markaziy va chap qanot himoyachilarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari "shaxarliklar" klubni tark etishi kutilayotgan David Silva va Leroy Sanelarga o‘rinbosar topishni yozda asosiy vazifa sifatida belgilab qo‘yishgan.
Shuningdek ingliz matbuotiga ko‘ra, Pep Gvardiola markaziy himoya chizig‘i uchun Pau Torres va Ruben Diashni nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Shuningdek, u chap qanotda Aleksandr Zinchenkoga Ben Chilluelni raqobatchi sifatida olib kelishni rejalashtirishmoqda.
Fikrlar