
"Manchester Siti"ning asosiy futbolchilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Emerik Lyaport jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi tizzasidan operatsiya qilingan. Hozircha uning qachon safga qaytishi noma’lum. Ammo, katta ehtimol bilan u bir necha oy maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Lyaport joriy mavsum «Manchester Siti» safida jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar