
"Manchester Siti"ning asosiy futbolchilaridan biri jarohat oldi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko kecha APLning 33-turidan o‘rin olgan “Kardiff”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Ukrainalik futbolchi uchrashuvning 19-daqiqasidayoq maydonni tark etdi. Uning o‘rniga esa o‘yinni Kayl Uoker davom ettirdi.
Hozircha Zinchenkoning jarohati haqida ma’lumotlar e’lon qilinmayapti.
Ma’lumot uchun, Zinchenko joriy mavsum “shaharliklar” safida jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar