
"Manchester Siti"ga Jekoni sotib olishni taklif qilishdi
"Roma" hujumchisi Edin Jekoning agenti Alessandro Luchchi mijozining xizmatlarini "Manchester Siti"ga taklif qildi.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, “shaharliklar” 2011-2015 yillarda ushbu jamoada to‘p surgan sobiq futbolchisini sotib olishni rad etgan. Aytish kerakki, 34 yoshli bosniyalik futbolchi Rimda bosh murabbiy Paulo Fonseka bilan kelisha olmay qolgan va shu sababli ham, jamoadan ketishi kutilmoqda.
Jeko joriy mavsum “Roma”da 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar