
“Manchester Siti”dan chetda qolgan eng zo‘r o‘yinchilar nomi aytildi
“Manchester Siti” etakchilaridan biri Rodri boshqa jamoalarda ham zo‘r futbolchilar borligini tan oldi.
Ispaniyalik yarim himoyachi o‘zi eng kuchli, deb bilgan to‘rt nafar charm to‘p ustasi nomini aytdi.
Unga ko‘ra, manchesterliklar vakili “Real” etakchisi Jed Bellingem, “Bavariya” to‘purari Harri Keyn va “Tottenxem”ning ikki vakili Jeyms Meddison va Son Xyon Minni alohida tilga oldi.
Rodri joriy mavsumda 21 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va oltita golli uzatma rasmiylashtirgan.
Futbol ekspertlari Rodri o‘ynagan uchrashuvlarda “Manchester Yunayted” hali yutqazmaganiga e’tibor qaratmoqda. Xosep Gvardiola jamoasi Rodri maydonga tushmagan to‘rtta o‘yinda raqibga imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar