"Manchester Siti" yarim himoyachisi "Atletiko"ga o‘tishi mumkin

  • 24 fevral, 16:38
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xorvatiya terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachich Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli xavbek "Atletiko"ga o‘tmoqchi. Kovachichning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Xorvatiyalik xavbekning transfer narxi 28 million evroga baholanmoqda. Kovachich "Manchester Siti" safida 2023 yildan beri to‘p tepib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 22 ta bellashuvda maydonga tushdi. Mazkur to‘qnashuvlarda Mateo o‘z hisobiga 4 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!