
"Manchester Siti" va "Milan" hujumchi uchun kurash olib borishmoqchi
Daily Express ma’lumotiga ko‘ra, "Fulxem" hujumchisi Abubakar Kamarani qo‘lga kiritish uchun bir qancha klublar da’vogarlik qilmoqda.
Xabar qilinishicha, frantsiyalik futbolchi xizmatlariga A Seriyaning "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda. Ammo endi frantsiyalik forvard uchun kurashga "Manchester Siti" ham qo‘shildi.
Yozda jamoani tark etish niyatida bo‘lgan forvard transferi uchun "shaxarliklar" 32 million evro to‘lashga tayyor.
Fikrlar