
"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted"da tarbiyalangan futbolchi Shomurodovning sobiq jamoasiga o‘tmoqda
"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" akademiyasi bitiruvchisi Noa Ogayo Belgiyaning "Standart" klubidan Italiyaning “Jenoa” klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsio xabar bermoqda.
Ikkala klub ham AQShning 777 Partners xususiy sarmoya kompaniyasiga tegishli ekanligini hisobga olsak, transfer jarayoni qiyin kechmasligi aniq.
Niderlandiyalik futbolchi keyingi mavsumda ham Belgiyada qolishni istayotganini aytmoqda, biroq bu pozitsiya rahbariyat fikridan farq qiladigan bo‘lsa, bu transfer futbolchining xohishidan qat’iy nazar amalga oshiriladi.
Fikrlar