“Manchester Siti” transfer rekordini yangilaydi

  • 18 yanvar, 08:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” himoya chizig‘ini mustahkamlashga jiddiy bel bog‘lagan. “Shaharliklar” Abduqodir Husanov va Vitor Reysni tranfer qilish orqali himoya markazini mustahkamladi.

Tecno

Endi navbat qanotlarga. Manchesterliklar chap tomon himoyasiga “Yuventus” vakili Andrea Kambyazoni olib kelmoqchi.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, Angliyaning amaldagi chempioni 24 yoshli futbolchi transferi uchun 70 million evro tikishi kutilmoqda.

Agar bu transfer aynan mana shu summaga amalga oshsa, yangi transfer rekordi bo‘ladi. Chunki hozirga qadar eng katta summaga transfer qilingan qanot himoyachisi Ashraf Hakimi hisoblanadi. PSJ bu o‘yinchi uchun 68 million evro sarflagan. Shuningdek, “Chelsi” ispaniyalik qanot himoyachisi Mark Kukurelya uchun 65 million evro to‘lagan.

Xosep Gvardiola Kambyazoni klubni tark etish istagini bildirgan 34 yoshli Kayl Uoker o‘rnida o‘ynatishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!