“Manchester Siti” supertransfer bo‘yicha muzokara boshladi

  • 11 mart, 21:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida yana faollik ko‘rsatadi. Xosep Gvardiola jamoa tarkibini yosh va yangi ijrochilar bilan kuchaytirishga qaror qilgan.

Tecno

Ayni paytda “shaharliklar” yozda “Bayer” pleymeykeri Florian Virts transferi bo‘yicha ish boshlagani xabar qilinmoqda.

Football Insider nashri ma’lumotiga ko‘ra, manchesterliklar 21 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun Bundesliga vakili “Bavariya” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Virts anchadan beri grand klublar nishonida turadi. Joriy mavsumda u 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va 13 ta assist muallfi bo‘ldi.

“Bayer” 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchini 150 million evro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!