
"Manchester Siti" sport direktori qur’adan norozi!
"Manchester Siti" sport direktori Chiki Begiristayn chempionlar ligasi chorak final qur’asidan norozi ekanligini bildirdi. "Shaharliklar" ushbu bosqichda "Real"ga qarshi maydonga tushadi.
"Qanday qilib? Har doim bir xillik. Oldinda chorak final, biz o‘tgan mavsumni eslashga harakat qilamiz. Imkoniyatlar? Tenglik. Eng kuchlilarga qarshi o‘ynashdan xursandmiz. Ushbu bosqichgacha etib kelganimizdan faxrlanamiz. Biz ajoyib mavsum o‘tkazyapmiz, jamoa o‘ziga ishonadi.
Chempionlar ligasi - "Real"ning musobaqasi. Ular qanday holatda bo‘lishidan qat’iy nazar bu turnirda zavqlanishadi. Bu yil trebl qayd etmoqchimiz, buning uchun bizda jamoa bor", - dedi Begiristayn Defensa Central nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar