"Manchester Siti" Rodrini nima qilib bo‘lsa ham klubda olib qolmoqchi

  • 1 noyabr, 2024, 12:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi nima qilib bo‘lmasin yarim himoyachi Rodrining klubidan ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir qancha o‘ta muhim va favqulodda bir qancha choralar ko‘rishga tayyorlanmoqda.

"Sadena Ser" nashrining xabariga ko‘ra, "shaharliklar" yarim himoyachi bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imkon qadar tezroq imzolamoqchi. Rahbariyat "Oltin to‘p"ning amaldagi yangi g‘olibiga top-klublar jumladan, "Real Madrid", "Barselona" va "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirayotganini va kelasi yil yozda uni transfer qilishga urinishini bilib turibdi.

Ayni paytda ikkala tomon ya’ni klub ham, Rodri ham juda optimistik ruhdalar. Ular amaldagi bitimni yana uzaytirishlariga va hali ko‘p yillar davomida o‘zaro hamkorlik qila olishlariga ishonchlari komil.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" Rodrini 2019-yil Ispaniyaning "Atletiko Madrid" jamoasidan sotib olgan edi. Yarim himoyachi ortda qolgan 5 yil davomida klub bilan barcha yutilishi mumkin bo‘lgan sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!