"Manchester Siti" "Real Madrid" hujumchisini ko‘zlab qo‘ydi. Bunga futbolchining fikri qanday?

  • 11 fevral, 12:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Real Madrid" hujumchisi hisoblangan Rodrigoga juda katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqida "Relevo" nashri xabar bermoqda. 
 
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar yozgi transferlar oynasida futbolchi uchun kurashgan. Biroq, braziliyalik hujumchi "qirollik klubi"da qolishni afzal ko‘rib, angliyaliklarning taklifini rad etgan. 
 
Mazkur taklifga futbolchining fikri qanday bo‘ldi? 
 
"Ochig‘ini aytsam, bu haqida ko‘p ma’lumotim yo‘q. Bu otamning va agentimning vazifasidir. Hattoki, takliflar bo‘lganmi yoki yo‘q bu haqida ham xabarim yo‘q. Shuni ham ta’kidlashim kerak, men bu erda baxtliman" - dedi "qaymoqranglilar" hujumchisi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli forvard joriy mavsum madridliklar safida 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 100 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!