
"Manchester Siti" Kanseluni 25 million evroga sotmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi Joau Kanseluni doimiy ravishda sotib olmoqchi. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" 29 yoshli portugaliyalik uchun 25 million evro talab qiladi.
Transferlar oynasining so‘nggi kunida Kanselu "Barselona"ga ijaraga berilgan edi. Avvalroq, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati portugaliyalik futbolchi o‘zini jamoada munosib ko‘rsata olsa, uni sotib olishga harakat qilishini malum qilgandi.
Joau barcha turnirlarda "Barselona" safida o‘tkazgan dastlabki uchta o‘yinida bitta gol urdi.
Fikrlar