
"Manchester Siti" Italiyadan yarim himoyachi olib kelmoqchi
"Atalanta" yarim himoyachisi Ederson "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin. Angliyaning amaldagi chempioni 25 yoshli braziliyalik futbolchini transfer qilish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Transfer narxi 70 million evro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Edersonga "Bavariya", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" kabi grandlar ham qiziqish bildirmoqda.
U o‘tgan mavsumda "Atalanta" safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar