
“Manchester Siti” ikkita katta transferga qo‘l urmoqda
“Manchester Siti” rahbariyati yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar tarkibni yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Insayder Fabritsio Romano o‘z tarmoqlarida xabar tarqatib, “shaharliklar” ikki nafar futbolchini nishonga olganini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Angliya chempionlari o‘z safiga “Vest Xem”dan Lukas Paketa va Frantsiya chempionati vakili “Renn”dan Jeremi Dokuni olib kelmoqchi.
Paketaning shartnomasi 2027 yilning o‘rtasigacha tuzilgan va bu o‘yinchini olish uchun Gvardiola jamoasi kamida 45 million evrodan voz kechishi kerak.
“Renn” belgiyalik futbolchisini 28 million evroga baholamoqda. Har ikki o‘yinchi ham “Manchester Siti” singari grand klubga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Fikrlar