“Manchester Siti” Husanov orqali yangi biznesni yo‘lga qo‘ydi!

  • 14 aprel, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” joriy yilning 20 yanvar kuni Frantsiyaning “Lans” klubidan Abduqodir Husanovni o‘z tarkibiga qo‘shib olgani, “shaharliklar”ga futboldan tashqari sohalarda ham foyda keltira boshladi.

Avvalroq, Angliya futboli tahlilchilari 21 yoshli o‘zbek himoyachisining transferidan keyin chiptalar savdosi jadallashgani va “Etixad” arenaga O‘zbekistondan tashrif buyurayotgan muxlislar oqimi sezilarli darajada oshgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Nufuzli manbalardan biri – cityxtra.co.uk portali “Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferidan keyin Osiyo qit’asida biznes hamkorligi rivojlana boshlangani haqida maqola chop etdi.

Sports.uz  portali ushbu maqolani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.

- “Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferi Osiyo qit’asida mintaqaviy  hamkorlik taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘targanini ma’lum qildi.

“Shaharliklar” Osiyodagi mavqeini mustahkamlab olish maqsadida Vetnamda ishlab chiqariladigan Wake-Up 247 energetik ichimlik brendini shzining rasmiy hamkori, deb e’lon qildi.

Premer-liganing amaldagi chempionlari dunyoning yirik qit’asida sensatsion darajada auditoriya to‘plagani bilan maqtana oladi. Ayniqsa, himoyachi Abduqodir Husanov bilan yanvarda tuzilgan shartnomadan keyin bu klubning O‘zbekistonda mashhurligi jadal o‘sib bormoqda.

Ma’lum qilinganidek, Husanov “Lans”dan 33 million funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ evaziga olib kelindi. Premer-liganing ketma-ket to‘rt uchrashuvida 21 yoshli futbolchining o‘yinlarini bevosita stadiondan kuzatish uchun chipata olib, O‘zbekistondan kelgan ishqibozlar soni keskin oshgani kuzatildi.

O‘zbekistonning Angliya yuqori divizionida o‘ynagan birinchi futbolchisi sifatida o‘zini ko‘rsatgan Abduqodir Husanov  “Manchester Siti”ga kelishi bilan Osiyo futboliga juda katta ta’sir o‘tkazdi.

Bunda o‘zbek himoyachisi qisqa fursatda Xosep Gvardiola jamoasining asosiy figuralaridan biriga aylangani muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

Endi “Siti” Wake-Up 247 brendi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, shimoli-sharqiy Osiyodagi pozitsiyasini mustahkamladi. Bu brend mahsulotlariga “Manchester Siti” klubi belgisi va Erling Xoland, Fil Foden va Kevin de Bryuyne kabi yulduzlar surati tushirilgan holda ishlab chiqariladi.

“Manchester Siti” Vetnam kompaniyasiga o‘z ichimliklarini mamlakat tashqarisida ham tanitish uchun “Etihad” arenasiga o‘rnatilgan reklama lavhlaridan joy ajratadigan bo‘ldi.

- Biz “Manchester Siti” bilan hamkorlik qilishdan behad mamnunmiz. Bu biz doimiy ravishda rivojlanish uchun har bir imkoniyatdan foydalanish yo‘lidagi intilishlarimizni qo‘llab-quvvatlayotgan tashkilotdir.

Wake-Up 247 brenli orqali biz iste’molchilarni o‘z muammolarini hal qilish yo‘lida qat’iyat bilan oldinga qadam tashlashga undaymiz. Bu hamkorlik har ikki tashkilot uchun ideal darajada bir biriga mos keladi, chunki  Wake-Up 247 ham, “Manchester Siti” ham har kimni yuksak maqsadlarga erishishga ilhomlantiradi, - dedi Wake-Up 247 brendiga egalik qiluvchi Masan Consumer Holdings kompaniyasi bosh direktori Txang Chiong Kong.

- Wake-Up 247 bilan hamkorlik o‘rnatilganini e’lon qilishdan xursandmiz. Biz bu brendni qo‘llab-quvvatlaymiz. Klubimizning butun Osiyo qit’asida, xususan Vetnamda ham sadoqatli ishqibozlari bor.

Wake-Up 247  brendining yangi qiziqarli g‘oyalar orqali bizning ushbu mintaqadagi muxlislarimiz ko‘nglini olish bo‘yicha ishlash imkoniyati oshishini kutib qolamiz, - dedi “Manchester Siti”ga egalik qiluvchi City Football Group xoldingining global hamkorlik savdolari bo‘yicha vitse-prezidenti Keytlin Bil xonim, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk portali eksperti Vayam Laxoti.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olish uchun bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 50 million evro miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri keldi.

“Shaharliklar” tarkibida Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida debyutini o‘tkazib bo‘lgan o‘zbek legioneri manchesterliklar bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga imzo chekkan.

“Zidan finti”ni qo‘llagan Shomurodovning o‘yini qanday baholadi?

Husanovning do‘stini mahalladan ko‘chirib yuborishdi

Bugun o‘yin: Gvardiola Husanovni maydonga tushiradimi?

Shomurodov xudbin emas! Raneri Eldor haqida yana qanday fikr bildirdi?

Shomurodov muxlislarga murojaat yo‘lladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
14/04/2025 00:21
Yangi biznesni Manchester City emas, shu saytni o'zi ham yaxshi yo'lga qo'ydi. Har ikki kunda bitta maqola. Buni yomon tomoni yo'q, shunchaki aytdim xolos
&
Азизжон
15/04/2025 00:33
Нимага уйиндга тушмайди жарохати борми
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
14/04/2025 10:15
Ko‘p maqtab yuboryapsizlar