"Navbahor" Jaloliddin Sodiqov transferini e’lon qildi

  • 31 iyul, 01:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha daqiqa oldin Superliganing "Navbahor" klubi Jaloliddin Sodiqovni rasman o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. 
 
“Navbahor” yozgi transfer oynasidan samarali foydalangan holda, o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirishda davom etadi. 
 Navbatdagi nishon, tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida to‘p suradigan futbolchi Jaloliddin Sodiqov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Jaloliddin Sodiqov 2002 yil, 17 yanvar kuni tug‘ilgan. Futbolchi bunga qadar "Olimpik" jamoasi sharafini himoya qilgan. 

Biz Jaloliddinga jamoamizda omad yor bo‘lib, “lochinlar”ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz. 

Xush kelibsan, Jaloliddin"
- deya klubning matbuot xizmati futbolchini tanishtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!