
"Navbahor" Sodiqovdan so‘ng Mustafo Abdumannopov transferini ham e’lon qildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Superligasining "Navbahor" klubi bir necha daqiqa oldin Jaloliddin Sodiqovni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Klub hozir Mustafo Abdumannopovni ham transfer qilganini ma’lum qilmoqda.
Mustafo 2003 yil, 21 iyul kuni Andijonda tug‘ilgan bo‘lib, shu kunga qadar "Olimpik" hamda "Qo‘qon-1912" klublarida harakat qilgan. Abdumannopovning pozitsiyasi esa maydonning markazi ya’ni yarim himoyachi hisoblanadi.
"Biz Mustafoga jamoamizda omad yor bo‘lib, “lochinlar”ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz.
Xush kelibsan, Mustafo!" - deya e’lon qildi klubning matbuot xizmati.
Fikrlar