"Manchester Siti" himoyachisi boyligining yarmidan ayrilishi mumkin

  • 30 sentabr, 2024, 23:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” himoyachisi Kayl Uokerning rafiqasi Enni Kilner futbolchining xiyonatidan keyin u bilan munosabatlarini tiklashga tayyor. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Tecno

Nashrning ta’kidlashicha, agar u 15 million funt sterling to‘lasa, qiz Uoker bilan oilaviy hayotga qaytadi.

Xabar qilinishicha, himoyachining sobiq sevgilisi, model Lorin Gudman futbolchining rafiqasiga undan farzand ko‘rgani haqida xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, Enni Kilner allaqachon yuridik maslahat olgan va u erda futbolchi boyligining yarmiga egalik qilish huquqi haqida bilib olgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gap 27 million funt sterling haqida ketmoqda.

Er-xotin advokatlar bilan moliyaviy kelishuvni muhokama qilishdi. Nashrning qayd etishicha, er-xotinning munosabatlari hamon beqaror.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!