"Manchester Siti" Bernardu Silvadan qutulmoqchi

  • 26 avgust, 2022, 17:52
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachi Bernardu Silvadan "shaharliklar" safini tark etish istagini bildirishni kutmoqda, deya xabar berdi jurnalist Jerar Romero.

Tecno

Oldinroq "Barselona" 28 yoshli portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi, biroq ingliz klubi o‘z futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emasligini ma’lum qildi.

“Manchester Siti” Bernardu Silvaning ketishini istamoqda deb o‘ylayman. Menimcha, “shaharliklar” Bernarduning o‘zi rahbariyatidan jamoani tark etishini xohlayotganini aytishini kutmoqda”, — dedi Romero.

Silvaning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 80 million evroga baholamoqda.

Futbolchi Premer liganing joriy mavsumida uchta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!