
"Manchester Siti" "Barselona"ga Bernardu Silvaning narxini e’lon qildi
"Barselona" klubi portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvaning transferi masalasida "Manchester Siti"ga taklif yubordi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "shaharliklar" 26 yoshli futbolchini 60 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Biroq kataloniyaliklar ushbu narxni pasaytirmoqchi va buning uchun o‘z futbolchilaridan birini “Siti”ga taklif qilishga tayyor.
O‘z navbatida "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola “Barselona”ning ikki futbolchisi – Serxi Roberto va Fransishku Trinkanga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bernardu Silva yakunlangan mavsum “shaharliklar” safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol va 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar