"Manchester Siti" 2024/25 yilgi mavsum uchun safar libosini taqdim etdi (Foto)

  • 8 avgust, 2024, 15:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi 2024/25 yil uchun mo‘ljallangan safar libosini namoyish etdi.

Tecno

Puma brendi libosni 1998/99 yilgi mavsum formasidan ilhomlangan holda tayorlagan. O‘sha mavsumda "Siti" pley-offda "Jillingem" jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Angliya birinchi divizioniga ko‘tarilgan. Forma to‘q ko‘k rangda neon sariq vertikal chiziqlar bilan ishlangan.

- "Manchester Siti" tarixi qat’iyatlilik va chidamlilik lahzalariga boy va 1999 yilgi pley-off finali bundan dalolat beradi. Ikki gol farqi bilan mag‘lub bo‘layotgan "Siti" yakunda penaltilar seriyasida irodali g‘alaba qozongan edi , - deyiladi klub bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!