"Manchester Siti" - "Tottenxem" o‘yini EChLda rekord o‘rnatdi

  • 18 aprel, 2019, 00:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni damda Chempionlar ligasi chorak final javob bahsida “Manchester Siti” va “Tottenxem” o‘zaro bahs yuritishmoqda.

Tecno

Uchrashuvning 11-daqiqasiga kelib jamoalar 2 martadan darvozalarga to‘p kiritishdi. E’tiborlisi bungacha musobaqa tarixida hech bir o‘yinda bu qadar tez 4ta gol kiritilmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalarning Londonda o‘tgan bahsida 1:0 hisobida “shporlar” zafar quchishgan edi. “Siti” – “Tottenxem” juftligi g‘olibini yarim finalda “Yuventus”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Ayaks” kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!