Manchester Ronalduni haydashi bilan uni biz olamiz!

  • 20 noyabr, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va Krishtianu Ronaldu hamkorligi muddatidan erta tugash arafasida turibdi.

Tecno

Manchesterliklar 37 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilish ustida ish olib bormoqda. Ronalduning o‘zi ham shov-shuvli intervyudan keyin “Old Trafford”ga qaytib bormoqchi emas.

Mirror nashri jurnalisti Saymon Mallokning xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati portugaliyalik yulduz atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzata boshladi. “Aristokratlar” shartnoma bekor bo‘lishi bilan Krishtianu Ronalduga hamkorlik taklif qilmoqchi.

“Chelsi” xo‘jayin Todd Byoli yozda ham Ronalduni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi edi. Transferga o‘sha paytdagi bosh murabbiy Tomas Tuxel qarshilik qildi. Keyinchalik uning bu e’tirozi ishdan olinishi bilan tugadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!