
Manchester klublari uloqni "Real"dan ilib ketmoqchi
"Bavariya" himoyachisi David Alaba faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Real" qiziqish bildirayotgan futbolchi uchun kurashga "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari ham qo‘shildi. Britaniya klublari futbolchining agenti Pini Zaxavi bilan aloqaga chiqib ulgurdi.
Alabaning xizmatlariga "Real" va Manchester klublaridan tashqari "Chelsi", PSJ va "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda. Xabar qilinishicha, Dayo Upamekano "RB Leyptsig" bilan shartnomasini uzaytirgani ortidan, MYu Alaba borasida jiddiyroq taklif bildirmoqchi.
Futbolchining shartnomasi yozda yakuniga etadi. 1 yanvardan avstriyalik futbolchi transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlashi mumkin.
Fikrlar