Manchester grandlari "Inter" futbolchisini talashmoqda

  • 8 iyun, 2022, 15:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida "Inter"ning italiyalik yosh himoyachisi Alessandro Bastonini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Tecno

Italiyalik insayder Janluka di Martsioning so‘zlariga ko‘ra, Manchester klublari 23 yoshli futbolchining xizmatlariga katta qiziqish bildirmoqda. Boisi, ular chap qanot himoyachisi pozitsiyasiga mahoratli futbolchi qidirmoqda.

Qayd etish joiz, Bastonining xizmatlariga “Inter”ning sobiq ustozi Antonio Konte ishlayotgan “Tottenxem” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Alessandro Bastoni o‘tgan mavsum Italiya chempionatida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!