
"Manchesetr Yunayted" yana bir transferni e’lon qildi
Biroz avval Matteys de Ligt transferini e’lon qilgan "Manchester Yunayted" Nussayr Mazrauni ham o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.
Fabritsio Romanoga ko‘ra, klublar 20 million evrolik kelishuvga erishgan. Himoyachi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Shu bilan birga, bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.
Mazraui 2022 yili "Bavariyag" erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Ammo u birinchi mavsumida ko‘p ham imkoniyatga ega bo‘lgani yo‘q. Faqatgina yakuniy mavsumning so‘nggida o‘yin amaliyotini qo‘lga kiritib, spor formasini yaxshilab oldi.
Fikrlar