
“Manchesetr Yunayted” Ronalduni Rabo transferiga qo‘shmoqchi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu shu yozda ingliz klubi safini tark etishi mumkin.
Jurnalist Paolo Paganinining tvittirdagi xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” rahbariyati portugaliyalik xizmatlarini “Yuventus”ga taklif qilgan.
Ingliz klubi 37 yoshli forvardni turinlik yarim himoyachi Adrien Rabo shartnomasiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ronaldu 2018 yildan 2021 yilgacha “Yuventus” safida o‘ynagan. U Italiya klubi tarkibida 134 uchrashuv o‘tkazib, 101 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar