Mana shu murabbiy kelsa, Manchesterni yondiradi
“Manchester Yunayted”ning afsonaviy o‘yinchilari qatoriga kiruvchi Roy Kin jamoa bosh murabbiyi sifatida qaysi mutaxassis muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini aytdi.
Ma’lumki, ser Aleks Fergyuson jamoa boshqaruvini topshirganidan keyin birorta murabbiy “Manchester Yunayted”ni avvalgi darajaga ko‘tara olmadi. Fergyusondan erasi yakunlanganidan so‘ng jamoada o‘n nafar murabbiy ishladi. Ular orasida Lui van Gaal, Devid Moyes, Joze Mourino, Ralf Rangnik singari tajribali mutaxassislar ham bor edi.
Bir yil oldin jamoani qabul qilib olgan Ruben Amorim ham hali jamoa muammolarini bartaraf eta olgani yo‘q.
Roy Kinning fikricha, jamoa ishlarini “Atletiko”ni uzoq yillardan beri boshqarib kelayotgan Diego Simeone o‘nglay oladi.
- Men “Manchester Yunayted”ga Diego Simeone bosh murabbiyi bo‘lishini istayman. Agar u kelsa, Manchesterni yondiradi. Bu ijobiy ma’nodagi gap.
Bu mutaxassis klubni qayta oyoqqa qo‘ya oladi. U juda kuchli shaxsiyatga ega va murabbiylik faoliyatida ko‘plab yutuqlarga erishgan, - dedi Roy Kin.



Fikrlar