“Man Siti” yana beshta super transferni amalga oshiradi

  • 5 avgust, 2020, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarkib jihatidan dunyoning eng kuchli jamoasi maqomini oladigan bo‘ldi.

Tecno

Shu kunga qadar Ferran Torres va Natan Ake kabi iqtidor egalarini  qo‘lga kiritgan manchesterliklar yozgi tranfser bozorida yanada kuchli futbolchilarni olishga bel bog‘lagan. Xususan, yangi  keladigan futbolchilar jamoa etakchilari – yoshi o‘tib borayotgan Serxio Aguero va jamoani tark etgan David Silvaning munosib o‘rinbosari bo‘ladi.

Aniq qilib aytganda, Gvardiola markaziy hujumchi vazifasini “Inter” forvardi Lautaro Martinesga, maydon markazini “Atletiko” yarim himoyachisi Joau Feliksga topshirishni maqsad qilgan. Gvardiolaning yana bir nishoni “Napoli”ning qimmatbaho markaziy himoyachisi Kalidu Kulibalidir.

Shuningdek, “Manchester Siti” turli pozitsiyalarga boshqa kuchli o‘yinchilar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!