
Mamardashvili: “Vinisius bilan penaltiga €50 ga shartlashgandik... Hali bermadi”
“Valensiya” darvozaboni Georgiy Mamardashvili “Real Madrid”ga qarshi o‘yindagi penalti vaziyati haqida kulib esladi. Uning aytishicha, Vinisius Junior bilan o‘yin oldidan sho‘xlik bilan shart tikishgan ekan.
— Men Vinisiusga aytdim: “Bu penaltini to‘xtataman, €50 tikyapman”. Shunchaki hazillashdik. Lekin penaltini to‘xtatdim... Ammo u hali hamon pulni bermadi, – dedi Mamardashvili "El Chiringuito"ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 13-daqiqasida braziliyalik vinger penaltidan foydalana olmagan edi.
Fikrlar