Malkom "Barselona"dan ketmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Malkom jamoadan ketishni rejalashtirmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchi Antuan Grizmann jamoaga kelgach, o‘zining asosiy tarkibga kira olmasligiga to‘liq amin bo‘la boshlagan. U o‘z kuchini Angliya premer-ligasida sinab ko‘rmoqchi. “Ko‘k-anor ranglilar” esa uning transferini 60 million evroga baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Malkomga “Everton” klubidan jiddiy qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” Malkomni bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Bordo” klubidan 41 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va 4ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.



Fikrlar