Maksim Shatskix "o‘zbek klasikosi"da qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 12 avgust, 2022, 21:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda poytaxtliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarga Sardor Sobirxo‘jaev va Dragan Cheran mualliflik qildi. Vodiyda qo‘lga kiritilgan uch ochkodan so‘ng "sherlar" ustozi Maksim Shatskix o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"O‘yin qiziqarli va keskin kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi. Agar vaziyatlardan samarali foydalanganimizda, birinchi bo‘limning o‘zida bahs taqdirini hal etishimiz mumkin edi. Biroq ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda "Neftchi" bizga muammo yaratishga urindi, lekin qizil kartochkadan so‘ng biz to‘liq ustunlikka ega bo‘ldik. Ikkinchi gol o‘yinga deyarli yakun yasadi. Keyin to‘pni xotirjam nazorat qilib, bahsni nihoyasiga etkazdik.

Jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilardan ko‘nglim to‘lmoqda. Taktik uslubga har bir o‘yinchi ko‘nikib olgach, yanada yaxshiroq futbol ko‘rsatamiz.

Har bir raqib jiddiy qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. "Neftchi" oxirgi o‘rinlarda bormoqda, lekin ular har qanday raqibga jiddiy muammo tug‘dira oladi. Superligada barcha maydonlar yaxshi bo‘lishini istardim. Shunda o‘yinlar tezroq, keskinroq kechadi. Ushbu maydon holati yomon emas, ammo uch jamoaning o‘yin o‘tkazayotgani sababli chim achinarli ahvolga kelib qolishi mumkin. Keyingi yil ham Farg‘onada o‘ynashdan xursand bo‘lamiz. Futbol ishqibozlar uchun o‘ynaladi", — deydi Shatskix o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, safarda qo‘lga kiritgan g‘alabadan keyin "Paxtakor" hisobidagi ochkolar soni 30 taga etdi va turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
14/08/2022 11:19
Шевченко давридаги футболки андижон такрорлаши керак
Абдухаликов Мухаммад
14/08/2022 11:19
Шевченко давридаги футболки андижон такрорлаши керак