Maksim Shatskix: "Istalgan o‘yin uchun kamida 3 ta reja bilan maydonga tushamiz"

  • 18 sentabr, 2023, 15:20
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turi doirasida "Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan vakillarimiz bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Hammaga xayrli kun! Ertangi raqibimiz kuchli. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. "Al Ayn" safida tajribali va yuqori saviyali futbolchilar to‘p tepadi. Ertaga muxlislarimiz uchun ijobiy natija ko‘rsatish uchun harakat qilamiz. 

Biz ertaga futbolchilar o‘rnini to‘ldirish imkoniga egamiz. Asosiy tarkib masalasini ertaga hal qilamiz. Musobaqada iloji boricha uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Muxlislarimiz uchun ijobiy natijalar ko‘rsatish uchun ter to‘kamiz. 

O‘z maydonimizda o‘ynamasligimiz qanday ta’sir qilishini aniq bilmayman, ochig‘i. Nima bo‘lishini ertaga ko‘ramiz.

Chempionlar ligasida kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q, deb hisoblayman. Har bir jamoa etarlicha kuchga ega. Ertaga birinchi o‘yin va biz g‘alaba bilan yakunlashni maqsad qilganmiz. 

OChL formati biz uchun qulay. Sababi, biz hozir o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turibmiz. Ammo pley-off o‘yinlarining qishda bo‘lishi biz uchun muammo. Chunki o‘sha paytda O‘zbekistonda mavsum endi boshlanayotgan bo‘ladi.  

Biz nafaqat Cheransiz, balki boshqa futbolchilarsiz ham o‘ynashga qodirmiz. Har bir bellashuv uchun alohida taktik rejalarimiz bor. Istalgan o‘yin uchun kamida 3 ta reja bilan maydonga tushamiz. Shunday ekan, qaysidir futbolchimizni personal qo‘riqlashsa, biz qiynalib qolmaymiz!", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Пахтакор босс
18/09/2023 16:08
Омад!
&
jamolidin
18/09/2023 17:10
qotoqni yebsan ahmoq