Maksim Shatskix: "Futbolchilarning intilishidan qoniqdim"

  • 26 noyabr, 2024, 06:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Elit OChL 5-tur doirasida Dubayda Eronning "Istiqlol" klubi bilan o‘yindan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi. 

"Raqibning asosan qanotlar va standart vaziyatlardan uzatmalar orqali hujum qilishini bilardik. Aynan shunday holatlarda hushyor bo‘lishni rejalashtirgandik. Buni uddaladik. Deyarli bo‘sh hududlar qoldirmadik. Hujumda esa bizga oxirgi uzatma yoki zarba etishmadi. Futbolchilarning bor intilish bilan harakat qilishganidan qoniqdim. Birinchi bo‘limdagi kichik xatolarni tanaffusdan keyin to‘g‘rilay oldi", - dedi Maksim Aleksandrovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!