Maksim Shatskix, Oston O‘runov va Shahboz Umarov klublari tarixiy reytingga kirdi

  • 26 dekabr, 2020, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasiga (avvalgi Chempionlar kubogi) asos solingan 1955 yildan beri qayd etilgan natijalar asosida klublarning tarixiy reytingini tuzib chiqdi.

Tecno

Unga ko‘ra, qit’a miqyosida eng zo‘r klub sifatida “Real” tan olingan. Keyingi o‘rinlarda qayd etilgan “Bavariya”, “Barselona”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Milan”,  “Liverpul”, “Benfika”, “Portu” va “Ayaks” kuchli o‘nlikni tashkil qildi.

Maksim Shatskix to‘p tepgan Kievning “Dinamo” jamoasi esa, ancha yuqori – 11-pog‘onadan joy oldi. O‘zbekistonlik hujumchi kievliklar tarkibida Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etgan. Sobiq to‘purar ushbu turnirda 9 mavsum davomida 45 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilgan.

Rossiya klublari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Oston O‘runov jamoasi – “Spartak” UEFA reytingida 34-qatorga joylashtirildi.

Shuningdek, yangi mavsumda Shahboz Umarov o‘ynaydigan BATE Belarus futboli bayroqdori sifatida qit’a reytingining 42-pog‘onasida qayd etilgan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!