
Mahmud Muradov: "Floyd ko‘rgazmali janglarda 100 mln dollarga qadar gonorar oladi"
Mahmud Murodov UFC chempioni Xabib Nurmagomedov va besh vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezer o‘rtasidagi boks jangiga qanday omillar xalaqit berishi mumkinligini aytdi.
"Nurmagomedov bilan jang ehtimoli juda kam. Floydning o‘zi faqat ko‘rgazmali, shou janglarida ishtirok etishini aytdi. Buning uchun u 10 dan boshlab 100 million dollarga qadar gonorar oladi. Misol uchun, u Menni Pakyao bilan aynan shunday jang borasida muzokaralar olib bormoqda”,- deya RT Muradovning so‘zlarini keltirdi.
Eslatib o‘tamiz: Meyvezer 2017 yil Konor Makgregor bilan huddi shunday jang o‘tkazib, uni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar